o‘g‘ri
bilan ulashing
Oʻgʻirlovchi, oʻgʻrilik bilan shugʻullanuvchi shaxs.
-
Oʻgʻrini qaroqchi urdi. Maqol
-
Bir kecha qoʻraga ikkita oʻgʻri tushib, qorovulning oyoq-qoʻlini bogʻlab, ogʻziga toʻppi tiqib, uchta sigir, ikkita ot, toʻrtta qoʻyni haydab ketdi. A.Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oʻgʻrilarni oʻldirganda, Otabekning yonida necha kishisi boʻlgan? A.Qodiriy, Oʻtgan kunlar
o‘g‘ri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gap oʻgʻrisi
-
— Dayus, gap oʻgʻrisi! — dedi Meli polvon. — Chap koʻzing oʻng koʻzingga doʻst boʻlmaydi-yu, koʻpchilikka el boʻlarmiding? P. Tursun, Oʻqituvchi
Oʻgʻri tutmoq
-
Oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma. Maqol
Oʻgʻri qarash
-
Atrofga oʻgʻri qarash qilgandan keyin, boshqa eshiklarni mahkamlab, sekin oʻrta eshikka qoʻl choʻzdi. U. Ismoilov, Saylanma
O‘G‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎҒРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘g‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar