o‘ktam
bilan ulashing
1. Boshqalarga oʻz taʼsirini, soʻzini oʻtkazadigan; shijoatli, oʻtkir.
-
Mahallaning oʻktam yigiti.
-
Oʻrmon polvon, Bozor amin, Hayit amin va boshqa oʻktamroq odamlar mirshab bilan birga dahlizga qarab yugurdilar. S. Ayniy, Qullar
-
Shakarning dimogʻi baland, aytgani aytgan, degani degan tengqurlari ichida oʻktam boʻlib, bashang kiyinib yurardi. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
2. Himmati ulugʻ, oliyjanob, hotam, saxiy.
-
Boʻrixoʻja uyida ham oʻktam: singlisiga dashnom berishdan oʻzini tiyardi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Oʻsha barno yigit — oʻktam bir askar Yurtini asraydi yomon koʻzlardan. B. Boyqobilov.
3. koʻchma Yoqimli, xush ifodali.
-
Endi uning oʻktam gaplari, qisqa, muayyan buyruqlaridan mamnun edi. O. Yoqubov, Larza
-
Avazning qaddi raso, bir moʻyi qilt etmay, taxt tomonga oʻktam boqib turardi. S. Siyoyev, Avaz
4. Oʻktam (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
O‘KTAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎКТАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘ktam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar