o‘qit
bilan ulashing
1. Oʻqimoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Chiqib, pochtalon berib ketgan maktubni qoʻshnining oʻgʻli Azimxonga oʻqitdi. H. Shams, Oqpadar
-
Siz bir necha kishini yordam uchun yuborsangiz, ular oʻz qoʻshnilarini oʻqitib oʻrgatadilar, qanday qilib qurish zarurligini amalda koʻrsatib qaytadilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
[Otabekka:] Bu savol berilib, Homid bilan boyagi uchrashishini unga xotirlatgan va endi ham kulib qaramagan baxtiga laʼnat oʻqitgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Sotiboldi kasalni oʻqitdi — boʻlmadi A. Qahhor, Bemor
2. so‘zlashuv tili Oʻrgatmoq.
-
Menga oʻqitasanmi bu ishlarni, oʻzim sendan yaxshi bilaman. Oʻqitma menga, yoshlik qilasan.
O‘QIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎҚИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘qit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar