o‘s
bilan ulashing
1. Rivojlanib boʻyiga yoki uzunasiga oʻzini qoʻymoq, choʻzilmoq, rivojlanmoq.
-
Bola yaxshi oʻsdi. Katta maydondagi gʻoʻzalar barq urib oʻsyapti.
-
Bodom daraxti yer tanlamaydi, toshloq, qumloq joylarda ham oʻsaveradi. Gazetadan
-
juda oʻsib ketibsiz-ku, Oytoʻti, mana qarang-a, menga yetib qolibsiz. Oydin, Fonar tagida
2. Koʻkargan (oʻsgan) holda boʻlmoq(daraxt, oʻsimlik haqida).
-
Koʻchamizning muyulishida oʻsgan sada tagiga qoʻyilgan karavotda ikki kampir dam olib oʻtirishibdi. Gazetadan
-
Yassi qirga chiqib qarasam, haqiqatan ham yalanglikda katta sadaqayragʻoch oʻsib turibdi. Gazetadan
3. Katta boʻlmoq, balogʻatga yetmoq; ulgʻaymoq.
-
U tugʻilib oʻsgan qishlogʻining har bir devoriga, tanish daraxtlarda yashnab turgan koʻm-koʻk yaproqlarga suq bilan tikilib borardi. S. Ahmad, Ufq
-
U [Avaz] chorvador oilada oʻsib, mol soʻyishlarni kichikligidan koʻp koʻrgan edi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Oh, ona tuprogʻim, oʻsgan joylarim, Koʻnglimda saqlanar hurmating, qadring. Mirtemir
4. Son-miqdor, daraja va shu kabilar jihati ortmoq, kuchaymoq.
-
Oʻtgan yili jamiyat aʼzolarining soni birmuncha oʻsdi. Gazetadan
-
Chorva komplekslari va fermalariga texnikaviy xizmat koʻrsatish tobora oʻsmoqda. Gazetadan
o‘s soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻngli oʻsmoq
-
Avaz oʻzining choʻponlik qobiliyatidan gʻurur qilib, koʻngli togʻday oʻsib yurgan paytlarini esladi. P. Qodirov. Qora koʻzlar.
O‘S so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘s so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar