o‘sal
bilan ulashing
1. Bemorning nihoyatda ogʻir, hech narsani bilmaydigan holati, tuzalishiga umid qolmagan ogʻir kasal.
2. Yaramas, yomon; bemaʼni.
-
Oʻsal ishni qilib boʻlgan gunohkor. Undayin farzandning oʻlmogʻi darkor. Shirin bilan Shakar
-
Ahmad oʻsal bir kayfiyatda oʻrnidan turdi, qoʻlyozmani olib, xonadan chiqdi. F. Musajonov, Himmat
-
Begijon, bu ishing oʻsal boʻlibdi, Boychiborni, bildim, qalmoq minibdi. Alpomish
o‘sal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oʻsal boʻlmoq
-
Kampir oʻsal boʻlib qolibdi.
-
Bemor kundan-kun battar boʻlib, oxiri oʻsal boʻldi. A. Qahhor, Bemor
-
Yolgʻonchining oʻzi oʻsal boʻldi.
-
U lom-mim deya olmadi, oʻsal boʻlib, yerga qaradi. Mirmuhsin, Qizil durralar
Oʻsal tortmoq
-
Ogʻir dashnomlardan oʻsal tortib, suvga tushgan mushukday boʻlib oʻtirgan Salim birdan sapchib turdi. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
Oʻsal qilmoq
-
Borsa, yo urishib berar, yo shoir boʻlmagan bir sen qolgan eding, yaqinda ariza va qarorlar ham sheʼr bilan yoziladigan boʻladi! — deb koʻpchilik ichida oʻsal qilar. A. Qahhor, Sarob
O‘SAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎСАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘sal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar