ohang
bilan ulashing
1. Bir-biriga ulangan, uygʻunlashgan yoqimli tovushlar oqimi.
-
Ariqdan mayin ohang bilan suv oqar. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Turli tovushlarning maʼlum bir tartibda uygʻunlashib, musiqiy butunlik tashkil etgan birikmasidan iborat musiqa asari; kuy.
-
Bu ashulaning ohangi juda yaxshi ekan!
-
Bularning [sheʼrlarning] hammasi deyarli gazetada bosilar, baʼzilarini bolalar ohangga solib, sahnalarda ashula qilib aytar edilar. A. Qahhor, Sarob
3. Nutqda maʼnoga qarab ovozning koʻtarilishi va pasayishi; intonatsiya.
-
Buyruq ohangi, Soʻroq ohangi. Tinch (bosiq) ohangda soʻzlamoq.
-
U
-
vaqtlarda men sheʼrlarning maʼnosini toʻla tushunmasam ham, ularning oʻqishdagi ohangi meni zavqlantirardi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Ziyodaxon baʼzi jumlalarni maʼnosiga mos kelmaydigan ohangda oʻqib, tinglovchilarga uqtira olmagani uchun, hikoyaning davomini Ibrohimovning oʻzi oʻqidi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Soʻzlovchining ichki his-tuygʻularini ifodalaydigan talaffuz uslubi.
-
Arazlagan ohangda soʻzlamoq. Yigʻlamsiragan ohangda gapirmoq.
-
Oysha xola qalbdan silqib chiqqan mehribon bir ohangda gapirdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Gulnor toʻgʻrisida soʻzlaganda, tovushiga sirli ohang berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kechir demoqchisiz, — dedi Inobat mayin, alamli ohang bilan. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng
5. koʻchma kam qoʻll. Narsalarning oʻzaro qoʻshilishidagi moslik, uygʻunlik.
-
Boʻyoqlarning nafis ohangi benihoyat nozik tovlanar edi. Oybek, Navoiy
ohang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Har (yoki yuz, ming)
-
Dangasaga ish buyursang, oʻzini har ohangga soladi.
OHANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҲАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ohang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar