ohangdor
bilan ulashing
1. Quloqqa yoqadigan, xush keladigan, huzur bagʻishlaydigan; yoqimli, musiqiy; ohangi yaxshi.
-
Ohangdor musiqa.
-
Alla! Dunyodagi eng sodda, eng sof, eng ohang-dor, erka tuygʻuli ona qoʻshigʻi. Saodat
-
Gulandom ohangdor, jarangli ovoz bilan soʻzladi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Maʼlum ohangga ega boʻlgan, maʼlum ohang bilan talaffuz qilinadigan; ohangli, jarangli.
-
Ohangdor sheʼr.
-
Oʻtkir ohangdor tovushdan seskanganda, yuk mashinasi darhol oʻzini yoʻl chetiga olib, oʻtaver, degandek duddudladi. S. Nurov, Narvon
-
Soqolli kampir bir qoʻlini Nurining boshiga yengil qoʻyib, baland., tovush bilan xuddi kuylagandek, soʻzlarni ohangdor choʻzib qichqirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
OHANGDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҲАНГДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ohangdor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar