oh
bilan ulashing
1. Quvonch, zavq, qoyil qolish kabi his-tuygʻularni ifodalaydi.
-
Oh,odamlar! Eslasam, qalbimni quvonch, ruhimni shodlik quchadi. J. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Oh, bu yoqimli hid qayerdan keldi ekan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Oh, goʻzal jonon hayot, senda erur ozod kishi. Z. Diyor
2. Sogʻinish, intizorlik kabi maʼnolarni ifodalaydi.
-
— Kel, bir oʻpay!— dedi Abdumannof. — Oh! Aziz ogʻaynim! A. Qahhor, Ogʻaynilar
-
Baʼzi vaqtda uncha-muncha pul ham soʻrab olaman, Lekin chirt-pirt boʻlib, qoʻldan uchadi-ketadi. Oh, pul! Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Oh, aylanay, ovsinjon, — dedi bir juvon kulgidan oʻzini tiyib, — koʻzimiz dovuchchada boʻlgan zamonlar qandoq zamonlar ekan-a? S. Zunnunova, Olov
3. Achinish, dard-alam, hasrat tuygʻusini ifodalaydi.
-
Qani Gulnor? Qani jononi?— Oh, u yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oh, falokat, padar laʼnat! Sharmanda qilding-ku oxiri! Hamza, Tanlangan asarlar
4. Ogʻriq, dard tuygʻusini ifodalaydi.
-
/Zargarov darrov kresloga oʻtirib:] Oh! Voh! Sugʻur! Sugʻursang-chi! [Marasul omburni chogʻlab:] Hozir Hozir. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
5. ot vzf. Dod-figʻon, nola, afgʻon, zorlanish.
-
Oh tortmoq (urmoq, chekmoq).
-
Ey, telba kechmishning tilsiz guvohi, Tinglanar qalbingdan yillarning ohi. Gʻayratiy
-
Tanho yotar edim boʻm-boʻsh qirgʻoqda, Tepamda yulduzlar chekar edi oh. A. Oripov, Yillar armoni
-
Said Jalolxon ishongan togʻi xususidagi bu xabarni eshitib, oh tortdi. A. Qahhor, Bashorat
-
Ogʻriq alamidan tinmay oh urardi. Mirmuhsin, Temur Malik
OH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar