ona
bilan ulashing
1. Farzandi yoki farzandlari boʻlgan xotin (oʻz tugʻgan farzandlariga nisbatan); bolali xotin.
-
Koʻp bolali ona.
-
Bola yigʻlamasa, ona emchak bermas. Maqol
-
Erka tutsa onasi, taltayadi bolasi. Maqol
-
Qiz ertalab turib, darrov onasiga razm soldi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Oila boshligʻi, tarbiyachisi.
-
Bular uchun alohida qozon osilarmidi. Siz hammasining onasi, u kishi — ota. Usta bolani juda yaxshi koʻradilar. A. Qahhor, Tomoshabogʻ
3. Keksa ayollarga hurmat yuzasidan ularning nomiga qoʻshilib ishlatiladi, masalan
-
Tojixon ona, Norjon ona.
4. Keksa ayollarga hurmat bilan murojaat etish formasi.
5. Bola tugʻgan jonivor.
-
Toychoqning onasi. Ona qoʻy. Yaxshi buzoq ikki onani emar. Maqol
-
Ona ari urugʻlagandan keyin bir sutkada 1500—2000 tagacha tuxum qoʻyadi. Fan va turmush
6. koʻchma Yaratuvchi, vujudga keltiruvchi.
-
Yer — hayotning onasi.
ona soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ona tili
Onayi zor, onaizor
-
Onayi zor emasmi, ustunni ushlagancha bolasining tovushi kelayotgan tomonga termilib qoldi. Oydin, Mardlik — mangulik
-
Toshkentdan kelgan xat onaizor yuragiga gʻulgʻula soldi. Mirmuhsin, Umid
-
— Bolam, — dedi-yu, onaizor yana olamga tinchlik tilaydi: — Onalar gʻam chekmasin, osmonimiz musaffo boʻlsin.
Onang oʻrgilsin
Onasi
-
Hoy, onasi, suyunchini choʻz. E. Rahim, Yangi qadam
Qayin ona ayn. qaynana
Qahramon ona
Gapning onasi
-
— Otangizga rahmat, Yusvali togʻa! — dedi boshini qimirlatib Meli polvon. — Gapning naq onasini aytdingiz-qoʻydingiz. P. Tursun, Oʻqituvchi
Ona Vatan (yoki yurt)
-
Yana koʻngli ona yurtini, baland togʻlar, koʻm-koʻk yaylovlarni qoʻmsab, bagʻrini zax yerga berib yotib oldi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
Ona suti ogʻziga keldi
-
Voy-voy, Gulnora singlingni Azizboynikidan olib chiqqunimcha naq ona sutim ogʻzimga keldi. N. Safarov, Sharq tongi
Ona sutiday pok (yoki halol)
-
Pulni olmadim, ming marta roziman, sizga ona sutiday halol boʻlsin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Ona tuproq
-
Keyin bilsam, xuddi oʻsha bir quloch yer mening ona tuprogʻim ekan. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
Ona xalq
-
Bechora emas, yoʻq, koʻngli sutday pok, ammo koʻp jabr-u jafo chekkan mening ona xalqim bugun maʼnaviy madadga juda-juda tashna. Gazetadan
Ona qizim
-
Shunday ekan, men senga yomonlikni ravo koʻrmasman, ona qizim. T. Ashurov, Oq ot
Onadan tugʻma boʻlib
-
Bu oʻzgarishdan keyin onadan tugʻma boʻlib, yengil tortdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Onasi oʻpmagan qiz
-
Puling boʻlsa, onasi oʻpmagan malika qizlar sanga quchoq ochadi. Oybek, Tanlangan asarlar
Onasini koʻrsatmoq
-
Ustozim ikkimiz laboratoriyaga oʻtib olib, shunaqangi sehrli dorilar yasaylikki, ey iblis, endi onangni uchqoʻrgʻondan koʻrasan. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
ONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar