orttir
bilan ulashing
1. Ortmoq I 1-6 feʼlining orttirma nisbati.
-
Ixlosni orttirmoq. Quvonchini orttirmoq. Shubhani orttirmoq.
-
Rais:
-
Goʻyo koʻrinishda ish qilasiz, haqiqatda boshqalarga ish orttirasiz. N. Safarov, Xadicha Ahrorova
-
U [Saodatxon] ustasi Aleksandr Mixaylovichning koʻrsatmalarini koʻngildagidan koʻra ham orttirib bajarar edi. N. Safarov, Uygʻonish
2. Tejab-tergab, iqtisod qilib koʻpaytirmoq, oz-ozdan yigʻib toʻplamoq.
-
Bir qancha tanga orttirib qola bilsa, roʻzgʻorga xarjlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Ali] Oʻzining baxtsizligidan, topganini roʻzgʻordan orttirolmay, shu kungacha uylanolmay kelishidan hasrat qilib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Topmoq, erishmoq, yetishmoq; ega boʻlmoq; qozonmoq.
-
Obroʻ orttirmoq. Hunar orttirmoq.
-
Boisjon Ergashev armiya safida xizmat qila boshlagan yilning dastlabki oyidayoq yangi ixtisos orttirib oldi. N. Safarov, Yangi yer
-
Ming afsuslar boʻlsinkim, kim nomimni eshitsa, laʼnatladi, laʼnat orttirdim! Shukrullo, Saylanma
-
Bola-chaqa orttirib, deyarli Toshkentda turgʻun boʻlib qolayotganiga qaramay, kindik qoni toʻkilgan ona tuproq tortgani-tortgan edi. J. Abdullaxonov, Xonadon
orttir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dunyo orttirmoq
-
Men kimlarningdir mol-u mulkini talab, dunyo orttirib, dong taratib, qadr-qiymat topdimmi? Shukrullo, Saylanma
ORTTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРТТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan ORTTIR so‘ziga berilgan ma’nolar
orttir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
orttir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar