qanot
bilan ulashing
1. Qush va hasharotlarning uchish aʼzosi.
-
Gʻozning qanoti. Qaldirgʻochning qanoti. Kapalakning qanoti. Pashshaning qanoti. Hush qanoti bilan uchib, quyrugʻi bilan qoʻnar. Maqol
-
Margʻilon va Qoʻqonga uchadigan maxsus kabutar keltirildi. Naycha qilingan qisqa xatlar ularning qanotlari tagiga mahkamlandi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Nozik rang-barang parvonalar, kapalaklar lampa atrofida aylanar, guldor qanotlarini shishaga urib tipirchilar, gilamga yengilgina qulab, tinar edilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Shaxs yoki narsaning uchishi, parvoziga xizmat qiluvchi aʼzosining ramzi maʼnosini bildiradi.
-
Ot — yigitning qanoti.
-
Yangilikning qanoti bor. Ogʻizdan ogʻizga oʻtib, tez tarqaladi. Gazetadan
-
Hamza boʻlsa, xayol qanotida oʻtmishni birma-bir kezib chiqdi. K. Yashin, Hamza
-
Shundoq deb Ilhomning nozik va mayin Qanotlarin Hasad yulib tashladi. A. Oripov, Yillar armoni
-
Umumxalq jonkuyarligi oʻqituvchilarga qanot baxsh etyapti. Gazetadan
3. Samolyotning yerdan koʻtarilib, havoda muallaq turishi uchun xizmat qiladigan qanotsimon yoyiq qismi.
4. Avtomobil, velosiped kabi mashinalar gʻildiragi ustiga loydan himoya qilish uchun oʻrnatilgan moslama.
-
[Yigit] Oldingi qanoti sinib qolgan Zif velosipediki sekingina haydab kelyapti. Sh. Otamurodov, Koʻngil
-
Avtomobil qanoti alyuminiydan ishlanadi. Fan va turmush
5. Eshik, deraza va shu kabilarning tabaqasi.
-
Yunusov derazaning qanotlarini ochib, kesakisiga qulochini yozgancha turib qoldi. N. Maqsudiy, Majlisdan soʻng
-
Uzoqdan Botirning ustma-ust bergan signali eshitilgandan keyin katta darvozaning qanotlari keng ochildi. I. Rahim, Ixlos
6. Yoyiq, choʻziq narsalarning biror tomoni, yoni, chekkasi.
-
Binoning soʻl qanoti — eshik oldi baland ayvon. A. Qahhor, Yangi yer
-
Koʻchalar qanotidagi ariqlarda zilol suvlar sharqirab oqib turibdi. J. Ergashev, Gulbuloq
7. Zina, koʻprik va shu kabilarning yoniga oʻrnatilgan toʻsiq; panjara.
-
Mahkam zinapoyaga qarab chopdi va uning silliq yogʻoch qanotidan ushlab, uchinchi qavatga yugurib chiqdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Tohir koʻprikning qanotidan pastga egilib qarab, shu tirgaklardan birini moʻljalga oldi-yu, toʻxtadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
8. harb. Yoyiq joylashgan qoʻshinlarning, frontning oʻng yoki soʻl tomoni, shu tomon qismi.
-
Mirzo Yodgorning oʻng va soʻl qanotlari qattiq shikast yeb, butunlay bebosh-betartib qochishga yuz tutgan edi. Oybek, Navoiy
-
Bobur qoʻshini yov bilan yuzma-yuz toʻqnashishi uchun oʻng qanotini oldinroq chiqarib, daryoga orqa oʻgirdi-yu, janubga tomon burila boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
9. koʻchma Suyanchiq, koʻmakchi.
-
Yorim boʻlsa, qanotim, deyman. Sayyor.
-
U [Nizomjon] Ikromjonga oʻgʻil boʻldi. Uning qoʻsh qanoti boʻldi. S. Ahmad, Ufq
10. koʻchma Diqqat-eʼtiborda boʻlish holati; himoya, homiylik, panoh.
-
Ustozlar qanotida, ularning koʻmagi va yoʻl-yoʻriqlari asosida ilgʻorlar tajribasini oʻrgandim. Gazetadan
-
Uning qanotida koʻpdan-koʻp yosh talantlar tarjimonlik, tahrirchilik singari murakkab ishning sir-asrorini bilib oldilar. X. Yodgorov, Hayot toʻlqinlari
qanot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qanot qoqmoq (yoki silkimoq)
-
Tom orqasida xoʻroz qanot qoqib, qichqirdi. A. Qahhor, Anor
-
Shiyponning atrofidagi gulzorda rang-barang kapalaklar, ignachilar qanot qoqar, asalarilar gʻoʻngʻillar, allaqayerda gʻurrak gʻurillar edi. A. Qahhor, Kartina
-
Undan nariroqda qora kalxat oʻz sanʼatini namoyish qilayotganday, qanot silkimay, bir tekis suzib yuribdi. N. Fozilov, Diydor
Qanot bagʻishlamoq
-
yuragining allaqayerida uchqunlanayotgan umid unga qanot bagʻishlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Qanot yozmoq
-
Qalbimda yangi bir orzu — Sherobodga otlanish orzusi kapot yozdi. Gazetadan
-
Ilgʻor tajriba, ibratli tashabbus hamisha qoʻllab-quvvatlanadi, keng qanot yozadi. Gazetadan
Qanot yoymoq
-
Choʻlda yangi hayot qanot yoymoqda. Oʻzbekiston qoʻriqlari
Qanot qoqmoq
-
Sizdan bilimdan topilib qolardi yuborishga. Oʻzingiz elburundan qanot qoqib qoldingiz. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
U dunyoga desangiz ham, qanot qoqib borardim S. Karomatov, Oltin qum
Qanotini qayirmoq (yoki sindirmoq)
-
[Jamila:] Qush edim — qanotimni qayirdilar. Gul edim — bulbulimdan ayirdilar. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Qanotimni qayirib, Tuqqan eldan ayirib, Tashladilar zindonga, Boshladilar hijronga. Yo, Mirzo
Qanot osti (yoki tagi)
-
Bu xatarli asnoda men seni qanotim ostidan chiqarmagayman. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
mana endi u sizning qanotingiz tagida jon saqlab yurgan ekan S. Mahkamov, Shogird
-
Sidiqjon Sobirjon qoriga qarol boʻlib yurgan vaqtlarida Xadicha xola uni oʻz qanoti ostida hisoblar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qanoti ostiga (yoki tagiga) olmoq
-
Yetimlarni qanoti ostiga olibdi;
-
Qodirov ogʻzi katta erkaklarni qanoti ostiga olish yoʻli bilan oʻz mavqeyini kuchaytirishga intilganini sezib turardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Qanoti ostida boʻlmoq
-
[Maysara:] Endi, taqsirim, davlatni ham koʻrganman, ishqilib, sizning qanotingiz ostida boʻlsak boʻladi-da. Hamza, Maysaraning ishi
QANOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qanot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar