qantar
bilan ulashing
1. Ovqatga, yem-xashakka yeta olmaydigan qilib, arqonni kalta qilib bogʻlamoq (asosan ot haqida).
-
Otryad., otdan tushdi, har kim oʻz otini u yerdagi daraxtlar shoxiga qantarib bogʻladi. S. Ayniy, Qullar
-
[Qudalar] Kelib tushdi deguncha, boʻgʻizlatish uchun deb bir gʻoʻnon qoʻyni ogʻilning ustuniga qantarib qoʻygan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Oziq-ovqat, suv bermay sirib qoʻymoq, ovqatdan, suvdan qismoq, och qoldirmoq.
-
— Bizni ishga yubormay, ochlikda qantaradilar, — dedi Tursun. A. Rahmat, Brest qahramoni
3. koʻchma s. t. Ishlatmay bekor, boʻsh qoldirmoq; foydalanmay dam berib qoʻymoq.
-
— Nega universalni qantarib qoʻyding, Sodiq? — dedi Komiljon shotut tagida oʻtirgan universalchiga qarab. I. Rahim, Ixlos
-
Qantarib qoʻyilgan mashinalar ishga tushdi. S. Siyoyev, Otliq ayol.
QANTAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНТАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qantar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar