qancha
bilan ulashing
1. soʻr. olm. Miqdor, koʻlam, oʻlcham kabilar haqida soʻroqni bildiradi; qay miqdorda?
-
Toʻyga qancha odam keldi? Bugun qancha paxta terildi? Oshga qancha guruch soldingiz? Namakob tayyorlash uchun bir litr suvga qancha tuz solinadi? Kechgacha qancha yoʻl yurdik? Qanchadan beri uchrashmadinglar?
2. Ritorik soʻroq gaplarda miqdor, oʻlcham va shu kabilarning ortiq darajasini, koʻpligini qayd etadi.
-
Oʻylab qara, ertadan kechgacha qancha odam bilan muomala qiladi! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mirzajon aka qishloq qurilishida loyihachilar, arxitektorlar, quruvchilar bilan qancha kurashmadi! Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Boshidan qancha xoʻrliklar oʻtkazdi, lekin oʻgʻliga bir ogʻiz yomon gapirmadi. K. Yashin, Hamza
3. Soʻroq gapdan transformatsiyalangan gaplarda soʻroq anglatmay, faqat nisbiy belgi bildiradi.
-
Qancha yotdim — bilmayman, sekin koʻzimni ochsam, oʻsha torgina xonada yotibman. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Bu jang koncha vaqt davom etganligi Ahmadjonning esida yoʻq. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Bir kunda qancha sabzi-piyoz sotadi — buni hech kimga, uy ichidagilarga ham aytmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. ravish Har qancha, nechogʻli, naqadar.
-
Bir xizmatkorning qiziga uylanishi, qiz qancha chiroyli boʻlmasin, oʻz obroʻsi uchun katta nuqson deb bilgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U koncha oʻylasa ham, Askar aka haqida yomon fikrga botinolmas edi. N. Fozilov, Diydor
5. Bogʻlovchi soʻz (nisbiy soʻz) vazifasida qoʻllanadi.
-
Oʻzbek oyim nabira masalasida qancha xursand boʻlsa, Otabek shunchalik xafa edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tovuq bilan odam orasida koncha farq boʻlsa, bu ikki jonivorning muhabbati orasida ham shuncha farq bor. A. Qahhor, Asarlar
QANCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАНЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qancha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar