ortiqcha
bilan ulashing
1. Belgili miqdordan ortiq; koʻp.
-
Ortiqcha pul. Ortiqcha xarajat.
2. Keragidan, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlganidan ortiq, haddan ziyod.
-
— Meni ortiqcha izzat-u ikrom qilib, noqulay ahvolga solyapsizlar, — dedi Umid. Mirmuhsin, Umid
-
Sodda odam ortiqcha xursandchilikdan ham oʻzini yoʻqotib qoʻysa ajab emas. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Erining bu soʻziga Oʻzbek oyim ortiqcha qizishadi, labi-labiga tegmay bobillab beradi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bizniki [tomorqa] normadan uch hissa ortiqcha. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Keraksiz, foydasiz.
-
Ortiqcha gap.
-
Nazokatga bolalari yoʻgʻida ermak boʻlgan Nazmi keyinchalik ortiqcha boʻlib qoldi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
-
Qirqilgan qulogʻi tep-tekis boʻlib ketgan, bu uning [Qulmat qorining] silliq kallasiga shunday yarashganki, sogʻ qulogʻi xuddi ortiqchaday koʻrinardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Hasanali endigi oʻtirishni ortiqcha topib, oʻrnidan turdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
ORTIQCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРТИҚЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ortiqcha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar