ortiq
bilan ulashing
1. Belgili miqdordan, meʼyordan ziyod; oshiq, koʻp.
-
Yigʻilishga yuzdan ortiq kishi keldi.
-
Adolat kasalxonada bir oydan ortiq yotdi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Ellikdan ortiq duradgor faqat belkurag-u ketmonga sop yasash bilan ovora. S. Ahmad, Ufq
-
Ellikboshi
-
Darrov hovlini oʻz bahosidan ancha ortiqqa olibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Meʼyoridan yoki keragidan oshiq, haddan tashqari.
-
Ortiq darajada qaygʻurmoq. Haddan ortiq kulmoq.
-
Har holda, Toshkent aholisi Azizbek istibdodidan ortiq toʻydi, kimdan koʻmak soʻrashni ham bilmaydi! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. chiqish kelishigi bilan faqat qiyoslashda Ziyod, yaxshi, afzal, aʼlo.
-
Uning sendan ortiq joyi yoʻq. Seni jonimdan ortiq sevaman. Aqldan ortiq boylik yoʻq. Maqol
-
Oʻzingiz ham, kelin oyim tekkanida, Gʻaffordan ortiq emasdingiz-ku! S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Tegsa arziydigan yigit. Bundan ortigʻini toparmidim, dedim, koʻngil qoʻydim. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
-
— Zulm, xoʻrlanish, haqorat shunchalik boʻlar, Qoratoy aka! Bundan ortigʻini kallam sigʻdirmaydi, — gʻazabdan titrab gapirdi Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Kuchli, zoʻr.
-
[Xolisxon:] Haqiqat: ishq oʻti ortiq ekan doʻzax oʻtidankim, Kuyib bagʻrim, kulim koʻklarga sovrilganga yigʻlayman. Hamza, Paranji sirlari
5. Boʻlib oʻtgandan, koʻrilgandan, kechirilgandan tashqari, undan oshiq.
-
Ortiq chora yoʻq edi. U, istar-istamas, Gulnordan voz kechdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu toʻgʻrida [Yusufbek hoji haqida] ortiq bahs qilinmadi va soʻz boshqa xususlarga oʻtdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Badriy:] Men bunday haqoratga ortiq chidolmayman! 3. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
6. Ortiqcha, behuda, oʻrinsiz.
-
Yomonning bir qiligʻi ortiq. Maqol
-
Xudo oʻsha qora kunni ham ortiq koʻrib, qahriga oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
ortiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ortigʻi bilan
-
Reja ortigʻi bilan bajarildi;
-
Bu maqola, ortigʻi bilan, oʻn bet boʻladi.
Oʻlsa oʻligi ortiq
-
Bir hisobda har qadamda ming bitta vaʼda berib, sal narsaga yigʻlab yuradigan yigitlardan Shukrulloning oʻlsa oʻligi ortiq. Yoshlik
ORTIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ortiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar