orqavoratdan
bilan ulashing
1. Birovning orqasidan, oʻzi yoʻgʻida; zimdan.
-
Uning shopday moʻyloviga qarab, orqavoratdan Muhiddin moʻylov deb ataymiz. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
-
Ular [mardikorlar]
-
Yormatning koʻz oldida unga qarshi bir nima demasalar ham, orqavoratdan uni masxaralashar, hatto soʻkishar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bevosita emas, balki birov orqali, birovlardan.
-
Boshqa bezorilarni orqavoratdan eshitib yurardim-u, ana shu Shoqulni oʻz koʻzim bilan koʻrganman. M. M. Doʻst, Lolazor.
-
— Sizni orqavoratdan soʻrab-surishtirib, oʻzim ham kuzatib kelaman, — dedi Farida. Yoshlik
ORQAVORATDAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРҚАВОРАТДАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ORQAVORATDAN so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ORQAVORATDAN so‘ziga berilgan ma’nolar
orqavoratdan so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
orqavoratdan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing