qul
bilan ulashing
1. tarixiy Ekspluatatorlik jamiyatining ilk davrlarida xususiy mulk, mol qatori olib-sotilgan, butunlay xoʻjayinga qaram boʻlgan, hech qanday haq-huquq va mol-u mulkka ega boʻlmagan xizmatkor.
-
— Oyjamol, mana bu yer qul bozori boʻlgan, — Sherniyoz sandiqsozlik doʻkoni qarshisidagi maydonchani koʻrsatdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Xafa boʻlmang, biz haq olmasdan ham ishlaymiz. Axir biz qulmiz-ku, haq talab qilishga haddimiz bormi?! Mirmuhsin, Meʼmor
2. Umuman, sinfiy jamiyatda ekspluatatsiya hamda siyosiy-iqtisodiy qaramlik asoratida har qanday huquqdan mahrum boʻlgan, eziluvchi kishi.
-
Qizlar bunda choʻri, tul edi, Yigitlar xoʻr, gado, qul edi. E. Rahim
3. koʻchma salb. Kimsaga koʻr-koʻrona xizmat qiluvchi, boʻysunuvchi; itoatgoʻy, malay, xizmatkor.
-
— Mashi, — dedi Fazliddin, — lekin shunday yaxshi qulni ular bizga berishmas, deyman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Bizning Qamishkapada koʻpchilik ayollar hali ham toʻrt devor ichida erlariga qul boʻlib kelmoqdalar, — dedi Gulsum. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. koʻchma Biror kimsaga, narsaga qattiq berilgan, dardi, xayoli oʻshanda boʻlgan kishi, uning fidoyisi.
-
Yaxshi gapning quliman. Oʻz qarashlarining quli.
-
Sen ham ot quliga oʻxshaysan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
oramizda Mirhaydar degan kecha-kunduz faqat ovqatni oʻylaydigan, qornining quli boʻlib qolgan bir yigit bor edi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Manguga qolay, deya shuhrat quli Iskandar Yuksak toqqa oʻzining suratini solibdi. A. Oripov, Yurtim shamoli
5. Banda.
-
Xudo xabar olsin jami qulidan Hasanxon
-
Yo xudo, bu gunohkor oʻgʻlimga oʻzing tavfiq ber va men qulingni kechir. Oybek, Nur qidirib
qul soʻzi qatnashgan jumlalar:
(Xudo) ol qulim deb (yoki desa)
-
Olloning dargohi keng. Ol qulim, deb zora hazrat oliylarining koʻngliga muruvvat solsa, ruxsat boʻlgʻay. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Quling oʻrgilsin
-
Quling oʻrgilsin joy. Quling oʻrgilsin jonon.
-
Bunaqa quling oʻrgilsin shoʻrvani uyda keliningiz ham qilib bergan emas, xolajon! O. Yoqubov, Bahor kunlaridan birida
QUL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qul so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar