qula
bilan ulashing
1. Zarb bilan yiqilmoq; agʻdarilmoq.
-
Zilzilada koʻpgina eski uylar, devorlar quladi. Chirigan daraxt qulab tushdi.
-
Mana shu togʻ choʻqqisida bir choʻpon, oyogʻi tagidagi tosh koʻchib, pastga qulab ketadi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Togʻning kun-botar tomoniga urush yillari samolyot qulagan. A. Nurmurodov, Urush bevalari
2. koʻchma Yoʻq, mahv boʻlmoq, yoʻq, mahv etilmoq, agʻdarilmoq; tushmoq.
-
Qulamasin Chambil yurti. Gulnorpari
-
Ustunlari tezlik bilan yakson qilingan boʻlsa ham, eski jamiyat osonlikcha qulamadi. OʻTA
-
Podshoh taxti qulaydigan kunlar kelar. Boychechak
3. koʻchma s.t. Olamdan oʻtmoq; oʻlmoq.
-
Chol qulamay turibdi. Qulagan kun ularning yoqasini boʻgʻaman, merosimni daʼvo qilaman! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ikki oʻgʻlim: biri oʻn sakkizda, boshqasi yigirmada — nemis oʻqidan quladi. S. Karomatov, Oltin qum
QULA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qula so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar