quduq
bilan ulashing
1. Suv olish maqsadida vertikal tarzda qazilgan tor va teran chuqurlik; gidrotexnika inshooti.
-
Quduqdan suv tortmoq. Suv ichadigan qudugʻingga tupurma. Maqol
-
Paqirni olib quduqdan suv keltirib, ayvonga, doʻkon ichiga qalin qilib sepadi. S. Siyoyev, Avaz
2. Yer ostidan gaz, neft olish yoki yer-tuproqni tekshirish uchun parmalash ma-shinalari vositasida qazilgan juda chuqur tor oʻra; skvajina.
-
Burgʻilangan quduq. Gaz qudugʻi. Issiq mineral suv qudugʻi. Neft qudugʻi.
-
Olib chiqdi togʻning boshiga, Sanolmadim neft minorasin. Koʻrdim quduq parmalayotgan Yigitlarning polvon — sarasin. Yo. Mirzo
3. maxs. Oʻracha shaklidagi detal.
-
Karbyuratorning kompensatsiya qudugʻi.
QUDUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУДУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
quduq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar