qulay
bilan ulashing
1. Biror ishni bajarish, biror maqsadni amalga oshirish uchun eng mos, eng muvofiq, qoʻl keladigan.
-
Qulay fursat. Qulay sharoit. Koʻchat oʻtqazish uchun qulay davr.
-
Mana shu yerda oshib oʻtishga qulay joy bor P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ayniqsa, tomchilatib sugʻorish bogʻdorchilik uchun qulay hisoblanadi. Fan va turmush
-
Choʻmilishga qulay boʻlgani uchun bu yerga qoʻshni qishloq bolalari ham yopirilib kelishar edi. Yoshlik
2. Amalga oshirilishi oson, uncha koʻp kuch va malaka talab qilmaydigan.
-
Kesib ketmon bilan toshlarni loydek, Koʻringay qattiq ishlar ham qulaydek. Habibiy
-
[Nuri] Oʻz rejasining bunday qulay amalga oshuvidan hadsiz sevindi. Oybek, Tanlangan asarlar
qulay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qulay yoʻl
QULAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУЛАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qulay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar