qudrat
bilan ulashing
1. Yuqori darajadagi kuch-quvvat; shunday kuch-quvvatli imkoniyat; qodirlik.
-
Inson qudrati hamma narsadan ustun chiqdi, choʻlda sunʼiy dengiz barpo etdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Shamolning qudrati hazilakam emas. U sahroni ostin-ustun qilib, qumtepalarni uchirib olib yuradi. Fan va turmush
-
Suyarqul Mamayusufning oldida qiltiriq koʻrinsa ham, oʻnta Mamayni pa-choqlagudek qudrat sezardi hozir oʻzida. A. Koʻchimov, Halqa
2. Umuman, biror narsani amalga oshirish imkoniyati; kuch-quvvat, qurb.
-
Qani edi, qudrati yetsa-yu, shu toshqin daryodan hovuchlab suv eltsa, tashna giyohlar ildiziga nam, choʻllarga hayot bersa. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Bitta chopon tiktirishga qudratim yetmaydi Oybek, Tanlangan asarlar
3. Qodirlik, kuch manbai.
-
Olamga arzigulik qudrat shu chanoqdadir Gazetadan
-
Qandaydir bir qudrat uni silkib, oʻziga keltirdi Mirmuhsin, Umid
4. Allohga xos kuch-imkoniyat; ilohiy qodirlik.
-
Falonchining kelini toʻrt oyoqli tugʻibdi yo qudratingdan oʻrgilay! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Har holda, figʻon-nola yaxshi emas, har banda qudrat qalami bilan yozilganini koʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Qudrat (erkaklar ismi).
QUDRAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚУДРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qudrat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar