os
bilan ulashing
1. Boʻynidan sirtmoqqa ilib oʻldirmoq.
-
Dorga osmoq.
-
Azizbek Xazina hisobini olish uchun kelgan devonbeklarni oʻldirib, oʻrda darvozasiga osdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Zunnunxoʻja:] Uyimga oʻt qoʻyaman! Oʻzimni osaman! Oʻgʻlim, jon oʻgʻlim, men sizni shu umid bilan oʻgʻlim deganmidim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Mahkamlab, mixlab yoki ilib osiltirib qoʻymoq.
-
Devorga soat osmoq. Dorga gilam osmoq. Qoziqqa sochiq osmoq. Archaga oʻyinchoq va lampochkalar osdik.
-
Qoʻyni ham oʻz oyogʻidan osadilar, echkini ham oʻz oyogʻidan osadilar. Maqol
3. Bel, boʻyin yoki yelkaga ilib koʻtarib yurmoq, taqmoq.
-
Belga qilich osmoq.
-
Yigitlar miltiqlarini paypaslab topib, yelkaga osdilar va koʻchaga otildilar. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Taqmoq, ilmoq.
-
Quloqqa sirgʻa osmoq.
-
Nuri oltin zanjirni boʻyniga osdi, soat, koʻkragidan pastroqda yulduzday yarqiradi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻyniga osib lola, Keldi shu goʻzal koʻklam. Gʻayratiy
5. maxs. Oʻrnatmoq, joylashtirmoq; ilmoq.
-
Traktorga kultivator osmoq. Qozon osmoq.
os soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quloq osmoq
-
Norqul mahallada istiqomat qiluvchi baobroʻ kishilarning fikrlariga ham quloq osmadi. Gazetadan
Qovoq osmoq
-
Oshno Yaxshiboyevning gapini eshitdi-yu, qovoq-tumshugʻini osdi. M. M. Doʻst, Lolazor
OS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan OS so‘ziga berilgan ma’nolar
os so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
os so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar