Izoh.uz saytida o‘yna so‘zining izohi va ma’nolari

o‘yna

fl

1. Dam olish, koʻngil ochish maqsadidagi biror erkin ish, mashgʻulot, oʻyin bilan shugʻullanmoq (

  1. Bekinmachoq oʻynamoq. Qorboʻron oʻynamoq.

  2. Shu chogʻ koʻchada oʻynab yurgan qoʻshnisining bolasi Asad kelib qoldi. Mushtum

2. Rasmiy ish-vazifalardan xoli holda dam olish, sayr etish kabi holatlarda vaqt oʻtkazmoq.

  1. Sobiraxon, Bahrini ham olib boringlar, oʻynab kelsin A. Qahhor, Xotinlar

  2. Ertalab Yodgor Charos bilan toqqa chiqmoqchi ekanini aytganda, Zoyirjon quvongan edi Yaxshi oʻynab kelinglar, deganini eslab, battar oʻsal boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

3. Musobaqa tarzidagi sport oʻyini bilan shugʻullanmoq, shunday oʻyinda qatnashmoq (

  1. Shaxmat oʻynamoq. Bilyard oʻynamoq. Futbol oʻynamoq.

  2. Mirmurodov dastlabki ikki oʻyinni, ataylab qildimi yo boʻsh oʻynadimi, yutqizdi. Guldasta

4. Qimor oʻyinida qatnashmoq (

  1. — Siz bilan oʻynamasa, kim bilan ham oʻynaydi, — dedi gap ohangini oʻzgartirib [Turdimat choʻtal], — tovva pukkani yeydi, olchi chikkani yeydi degandek, boy bersangiz nima, siz ham yutib yurgansiz. A. Muxtor, Opa-singillar

  2. Kecha bir oz qarta oʻynab Maskovdan kelgan bir favurkonchi [fabrikant] oʻrisning toʻrt ming soʻmini yutibman. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Tana, oyoq, qoʻl va qosh-koʻzlarni kuyga muqobil holda harakatlantirmoq; raqs tushmoq (

  1. Bu juvon tanovarga juda yaxshi oʻynaydi.

  2. Rais shavq-zavq bilan oʻynab, davrani bir necha marta kezib chiqqach, pildirab bir aylandi-yu, bexosdan Urmonjonga tashlandi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari

6. Sahna asarida biror rolni ijro etmoq.

  1. Gulsun kuyov rolini oʻynar, Xonimbibi Kumush rolida, ikkisining bir-birisiga qarab oʻqishgan laparlari barchani kuldirib, ichaklarni uzar darajada. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

7. Nimanidir qoʻlda harakatga keltirmoq, aylantirmoq va shu kabilar

  1. Fotima yerga qarab, roʻmoli uchini oʻynab oʻtirardi. T.Ashurov. Oq ot

  2. Sharifjon tergan paxtasini changalida oʻynab, goh u, goh bu qizga sovgʻa qilardi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin

  3. Usmonjon, qoʻlida nimanidir ezgʻilab oʻynab oʻtirgan Adolatga qaradi. S. Zunnunova, Gulxan

  4. Yormat nosqovogʻini oʻynab, yerga tikildi. Oybek, Tanlangan asarlar

8. Birovga gap, soʻz bilan tegishmoq; hazil qilmoq.

  1. Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir! Maqol

  2. Bugun boʻlsa [

  3. Kumushning] oʻynab aytgan soʻzi javobsiz ham qoldirilib, bu hol yana uning miyasini qotirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

9. koʻchma Turli-tuman, shoʻx, yoqimli harakat qilmoq (jonivor va narsalar haqida).

  1. Hovuzda baliqlar tiniq suvni toʻlqinlatib oʻynaydi. P. Qodirov, Qora koʻzlar

  2. Chayqaladi dengiz beorom Oq chechakdek koʻpiklar oʻynar. Gʻayratiy

  3. Duxoba gullarga dudoq tegizib, Har sahar shabada oʻynab yotadi. Uygʻun

  4. Belanchak boshida oʻynar parcha nur. A. Oripov

10. koʻchma Koʻrk, goʻzallik aks ettirib harakatlanmoq, pirpiramoq, dirkillamoq.

  1. Qizning qosh-qovoqlari oʻynaydi.

  2. Uning [Inobatning] ozib, kichkina boʻlib qolgan yuzi, uzun kipriklari hayajon bilan oʻynar edi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin

  3. Laʼli paranji-chachvonini oppoq bilagiga tash-lab, sevganiga termilib qolgan; qora atlas koʻylagini turtib chiqqan qavariq koʻkragi bekni telba qilar darajada oʻynab turibdi. H. Gʻulom, Mashʼal

11. Irgʻishlash, shox tashlash va shu kabilar tarzdagi oʻynoqi harakat qilmoq.

  1. Osmonda ozod qushlar oʻynab-oʻynab parvoz qiladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik

  2. Elligida aygʻir otday oʻynaydi Oysuluv

12. koʻchma Qabarib, boʻrtib chiqmoq (mushak, tomir kabilar haqida).

  1. Terib qoʻyilgan yapaloq gʻishtlar ustiga choʻkib, tomirlari oʻynagan, qaltiroq qoʻliga moʻlgina nos toʻkib, til tagiga otdi. Mirmuhsin, Bir xumcha tilla

  2. Mashq qilaman har kuni, Muskullarim oʻynaydi. Yu, Hamdam

o‘yna soʻzi qatnashgan jumlalar:

[Birovning] nogʻorasiga oʻynamoq

. Tuprogʻi oʻynamoq Tuprogʻi koʻp miqdorda chiqib yotmoq.
  1. Yotoqqa kiraverishdagi tuprogʻi oʻynab ketgan ensiz yoʻlakning burchagida tagiga zanglagan chelak qoʻyilgan dastshoʻy jami uch xonada istiqomat qiluvchilar uchun xizmat qilardi. S. Karomatov, Oltin qum

Qalliq oʻynamoq

etn . Rasmiy nikoh toʻyidan avval boʻlajak kelin bilan yashirin uchrashib turmoq.

O‘YNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЎЙНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
17012
So‘zning teskari yozilishi
any‘o
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
13

o‘yna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

o‘yna so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, o‘yna so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 853 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+