palla
bilan ulashing
1. Muayyan davr, vaqt, payt.
-
Yoz pallasi. Yoshlik pallasi. Shu pallada.
-
Dehqon tong pallasi safarga chiqdi, Yurtim deb bir yoʻli hasharga chiqdi. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
-
Arpa oʻroqqa kirgan palla edi. Matpano oʻrogʻini yoʻqotib qoʻyib diqqat boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Dalada yoz pallasida yoyilib oʻtirish — rohat. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Bosqich, pogʻona, davr.
-
Tarixiy taraqqiyotning yangi pallasi.
-
El bilan birga uzoq yoʻl bosdim, bunday pallalarni yaxshi bilaman. Xalqning qismatida tarixiy kunlar boshlanmoqda. Sharq yulduzi
1. Tarozining narsa yoki tosh qoʻyiladigan har bir taqsimchasi.
-
Tarozi pallasiga tosh qoʻymoq. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirmoq. Tarozi pallasiga qarab ish tutadigan odam,
-
Peshtaxta oldiga borib, savatdagi uzumdan bir bosh tanladi-da, tarozi pallasiga qoʻydi. K. Yashin, Hamza
-
Dunyo tarozisining ikki pallasi: birida quvonch, birida gʻam; birida nur, birida zulmat boʻlsa, Nazokat endi faqat bittasini — quvonch bilan nurga toʻlasini koʻrardi. Shuhrat, Umr pogʻonasi
2. Yumaloq narsaning teng ikkiga boʻlingan qismlaridan biri, yarmi.
-
Yormat tarvuzni kesdi. Bir pallasini Yoʻlchi va Oʻroz oldiga qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻzim ichga botib ketgan, xuddi quruq ikki yongʻoq pallasi. T. Fattoh
-
Tarvuzning bir pallasida suzar yuzlab chumoli. Yoshlik
3. bot. Urugʻning mustaqil murtakli har bir boʻlagi.
palla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pallasi bosmoq
-
Eshonning pand-nasihatlari zoʻr keldi. Eshonning pallasi bosdi. S. Ahmad, Saylanma
PALLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
palla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar