pana
bilan ulashing
1. ot Boshqalarning nazaridan yashiradigan yoki biror narsa taʼsiridan saqlaydigan, himoya qiladigan joy, narsa, toʻsiq.
-
Yomgʻirdan pana izlamoq. Panada turmoq. Tomning panasiga yashirinmoq.
-
Lali shu zulmat quchogʻiga kirgan-da, oʻzini bir daraxt panasiga olib, orqasiga qaradi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shirin, simchiroq yoritib turgan ostonadan ichkariga qadam qoʻyishi bilan, mushukday keladigan sariq it akillab, oyogʻiga yopishdi. U qoʻrqib, jirkanib, kampirning panasiga oʻtdi. Yoshlik
2. sifatdosh Birovning nazari tushmaydigan yoki biror narsa taʼsiridan panalangan, himoya qilingan, toʻsilgan.
-
Chiroq shishasini roʻmolim bilan pana qilib, hovliga tushdim. Yomgʻir hamon ezmalanib yogʻardi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Kuyovlikdan yodgor boʻlgan beqasam choponi bilan yuzini qor
-
dan pana qilib, yoʻlakka bordi. Pastak eshikning halqasidan ushlab tortdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
pana soʻzi qatnashgan jumlalar:
Faqir (yoki gʻarib) kishi panada
-
Aqli bor odam faqir kishi panada qabilida oʻzini chetga olib, ishini oʻxshatib yuraveradi. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Gʻarib kishi panada, Poʻstini somonxonada. Xalq durdonalari
PANA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pana so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar