pazandalik
bilan ulashing
1. Turli oʻsimlik va hayvon mahsulotlaridan ovqat tayyorlash, pishirish sirlarini bilish.
-
Qudrat Xadicha ayaning pazandaligini endi bilayotgan boʻlsa-da, uning boshqacha taʼrifini ilgari eshitgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Boshliq har gal mantini ogʻziga solayotganda, kelinning pazandaligini maqtab, Orifjonning qoʻli ochiqligini taʼriflab turdi. S. Ahmad, Saylanma
2. Laziz taomlar tayyorlash sanʼati.
-
Pazandalik ilmi.
-
Chunonchi, pazandalik sanʼati ham boshqa sohalar kabi hech qachon xolis taraqqiy eta olmaydi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
Jahon pazandaligida sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar ichida eng xili koʻpi bu pishloq ekan. Gazetadan
-
Bundan ikki yillar burun milliy pazandalik mavzusida bir necha maqolalar yozib berishimni iltimos qilishdi. Gazetadan
PAZANDALIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЗАНДАЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pazandalik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar