pashsha
bilan ulashing
Yozda juda koʻpayib ketadigan, turli suyuq organik moddalar bilan oziqlanadigan qoʻsh parda qanotli hasharot.
-
Yoʻl pashsha. Pashshalarni qoʻrimoq. Qora pashsha.
-
Atrofda gʻuv-gʻuv pashsha: oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqiladi, quloqlarni uzadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hamma yoq jim. Faqat pashsha gʻingʻillaydi. A. Qahhor, Bemor
pashsha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oshga pashsha boʻlmoq
-
Marziyanikiga borganimda doim oshga pashsha boʻladiganlar Dushan bilan Fozil edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Oshga pashsha tushmoq
-
— Esizgina, endi gaplasha boshlagan edik-a. Oshga pashsha tushdi, — dedi Elmurod boshini chayqab. P. Tursun, Oʻqituvchi
Pashsha(ni) qoʻrib oʻtirmoq
-
[Boboqul ota:] Hamma dalaga yopishib yotgan boʻlsa-yu, men idorada pashsha qoʻrib oʻtirsam kelishmas. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Pashshadan fil yasamoq yoki pashshani (yoki pashshaday narsani) fil qilmoq
-
Uzzukun pashshani fil qilib, qayoqdagi gaplarni chulgʻatib yurdingiz, mana endi el oldida yuzingiz shuvut. A. Muhiddin, Koʻngillar
PASHSHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАШША so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pashsha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar