pachaq
bilan ulashing
1. Bukilib, ezilib yoki sinib ichiga botgan; abjagʻi chiqqan; majaq.
-
Pachaq chelak. Mashinaning qanoti urilib pachaq boʻlibdi.
-
Yigit uzoqda haybatli temir uyumlari singari agʻanab yotgan pachaq parovozlarga tikildi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
U [samovarchi] ustaning qoʻliga tusha-tusha xoʻp ezilgan, qorni pachaq, chirkin katta samovarning oldida yogʻoch yelkasini qisib oʻtirardi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Siniq, singan.
-
Pachaq tuxum.
3. Uringan, ezilgan.
-
Pachaq olma.
4. koʻchma Yaxshi oʻsmay, rivojlanmay, mayda boʻlib qolgan; reza, ushoq.
-
Pachaq bola. Pachaq oʻsimlik.
-
Havas qilib kelgan Burgutim har kuni koʻrib yurgan oddiy kishilarday, jussasi ham, yuzi ham, qarashlari ham oddiy, pachaq bir yigit boʻlib chiqdi. S. Ahmad, Choʻl burguti
pachaq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pachagʻi chiqmoq
-
Urushda pachagʻi chiqqan bu zobit lar hali ham oʻzlarini koʻklarda his qilar, hali ham gʻoliblardek magʻrur edilar. H. Gʻulom, Mashʼal
PACHAQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАЧАҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pachaq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar