pes
bilan ulashing
1. tibbiy Pigment yetishmasligi natijasida terida paydo boʻladigan oq dogʻ.
-
— Quymuchida tangadek pesi bor. — Pes emas. Yaraning oʻrni edi-ku. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Shunday kasali boʻlgan kishi.
-
[Mozordagi] Quduqning suvi faqat kasallarning, ayniqsa pes va koʻzi ogʻriganlarning shifolanishlariga va ziyoratchilarning tabarruk deb olib borishlariga sarf qilinar edi. S. Ayniy, Esdaliklar.
3. soʻk. Yaramas, moxov.
-
Pes pesni qorongʻida topar. Maqol
-
[Nor:] Paranjisi qursin, qaydanam shu pesni yopinib, suqmozorga bordim-u, oʻzimga dardisarni orttirdim-keldim. Hamza, Paranji sirlari
-
[Yoʻlchi:] Gulnorni sevishimni bilardi-ya, pes chol. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Sovchi qoʻydim, bermadi. Otang qurgʻur pes ekan. Folklor
PES so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЕС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pes so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar