pir
bilan ulashing
1. Uzoq umr koʻrgan kishi; keksa (qari 2).
2. Diniy mazhab boshligʻi, diniy rahbar.
-
Xudo xohlab, pirlar madadkor-u aziz avliyolar qoʻllab yuborsa, hammasini daf qilamiz. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Qoch, yoʻlni boʻshat, pirim kelyaptilar! deb kimgadir oʻshqirgan K. Yashin, Hamza
-
Arvohlar yor, pirlar madadkor boʻlib, ovimiz baroridan kelsin. Hamza, Tanlangan asarlar
3. Biror kasbning asoschisi, homiysi deb tushuniladigan, koʻpincha, afsonaviy va afsonalashtirilgan shaxs.
-
Miskarlar, chegachilar, tunukasozlar koʻp antiqa gaplarni, har qaysilari oʻzlarining pirlarini, risolalarini yaxshi biladilar. Oybek, Bolalik.
4. koʻchma Biror ish, kasb yoki sohani juda yaxshi egallagan, shu sohada oʻta mohir usta kishi, ustoz.
-
Bunday rahbarlar, goʻyo hamma sohaning piri hisoblanadilar. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
-
— Bolang boy boʻlgur Shodi oshpaz bu kasbning zap piri-da! — cholning tarifini keltirishadi chinorliklar Yoshlik
-
Ular oʻrni kelsa, otasi ekan-u, hatto pirining ham betiga qorakuya chaplab, maqsad sari talpinadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
pir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piri badavlat
-
— Qoʻchqordek oʻgʻillarning soyasida piri badavlat boʻlib yashang, — dedi Ergash Qoratoyga. B. Rahmonov, Yurak sirlari
-
Ilohim, piri badavlat boʻlgin, meni izzat qilsang, sani xudo izzat qilsin, — deb duo qildi Boʻrixoʻja Valijonni. Mirmuhsin, Chiniqish
-
Piri badavlat otaxon-u onaxonlarimiz juda koʻp. Gazetadan
Yo pirim
-
Yo pirim! Sharmanda qilma! (Bitta-bitta ketadilar). Hamza, Tanlangan asarlar
Pir urgan
-
Ziqnaning pir urgani edi. Xasisligini, isqirtligini hamma bildi. Kimsan — terifurush falonchi boy! Oybek, Tanlangan asarlar
pir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hafsalasi pir (boʻlmoq)
-
Eng ishongan kishisidan ham hafsalasi pir boʻlibdi.
-
U yozibdi: Barakalla, oʻrtoq shoir, Qani doʻstlik, ogʻaynilik, hafsalam pir. Gʻ. Gʻulom, Tanlangan asarlar
-
Bolalikdan koʻz ochib koʻrgani tuya oʻrkachiday haybatli tepaliklarni emas, kaftdek tekis dashtni koʻrib, hafsalasi pir boʻldi. Yoshlik
-
Ishdan ham hafsalasi pir boʻlibdi.
-
Koʻrsa, hafsalasi pir boʻlib, qoʻli ishga bormay qoladi. S. Ahmad, Ufq
taql. s. Mayda qushlarning qanot qoqishidan, parrak kabilarning aylanishidan chiqadigan tovush.
-
Chumchuq pir etsa, yuragi shir etadi. Matal.
-
Qorabayirning tuyoqlari ostidan pir etib bedana uchdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
— Hamma senga oʻxshaganmi, chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan, — deb kuldi Haydar. A. Koʻchimov, Halqa
PIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar