pirilla
bilan ulashing
1. Pir -pir ovoz chiqarib, tez qanot qoqmoq yoki aylanmoq.
-
Pirildoq pirillab aylanmoqda.
-
Qush ham itga tutqich bermay, yana pirillab uchdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Tolibjon ventilyator vilkasini rozetkaga tiqishi bilan, urchuq pirillab aylana ketdi. S. Ahmad, Jimjitlik
2. Titragannamo harakat qilmoq, hilpiramoq.
-
Shamol stol ustidagi daftar, kitoblarning sahifalarini shitirlatib varaqladi, deraza pardasi betoʻxtov pirillay boshladi. F. Musajonov, Daradagi qishloqda
-
Mayin yel shivirlab, boshingdan essa, Roʻmoling pirillab oʻynab ketadi. Uygʻun.
3. Pirpiramoq, uchmoq (masalan, kiprik, mushak haqida).
-
Cholning koʻzlari asabiy pirilladi, turib, asta uyga kirdi. H. Ahmar, Kim haq?
-
Salimboyvachchaning koʻzlari ola-kula boʻlib, yuzidagi goʻshtlari pirilladi, Bu qanday gap? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Uning [kampirning] etsiz lablari asabiy pirillar, peshonabogʻi yelkasiga osilib tushgan, qaqshoq oyoqlari yalang edi. N. Qilichev, Chigʻiriq
4. Mayda qadam tashlab, tez yurmoq; pildiramoq.
-
Bobomirzo yelkasida sochiq, oldida fartuk, doʻppisini yarimta qilib, pirillab yuribdi. I. Rahim, Taqdir
PIRILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИРИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pirilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar