qalb
bilan ulashing
1. Yurak.
-
Men uzoq vaqtgacha uxlay olmay yotdim, nafasim qisilib, qalbim notinch tepardi. M. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Mirzakarimboyning xotini Lutfiniso toʻsatdan, qalb xastaligidan boʻlsa kerak, bir kechada vafot etdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Kishining ruhiy yoki maʼnaviy dunyosi, ichki his-tuygʻulari markazi ramzi; yurak, dil, koʻngil.
-
Qalbi pok odam. Qalb amri. Qalb harorati. Qalbi quvonchga toʻla. Qalbiga yoʻl topmoq.
-
Qiz oʻz qalbini Yoʻlchiga bagʻishlagan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bobur yuqori qavatga qaytib chiqar ekan, qalbini toʻldirgan shodliklar orasida surnay navosidek jarangli va yoqimli bir tuygʻu yangrab eshitilayotganini sezdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Aldam-qaldam, qingʻir ishlar qiladigan, qallob, nopok.
-
Qalb qozoni qaynamas, qaynasa ham quyulmas. Maqol
4. Nopok, egri, qingʻir.
-
Qalb ishga qoʻl urmoq.
-
Himmati-ku yoʻq, yana oʻzi ham oʻlgudek baxil, niyati qalb yigit. Mushtum
QALB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАЛБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QALB so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QALB so‘ziga berilgan ma’nolar
qalb so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qalb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing