qiyg‘och
bilan ulashing
1. Qisiq yoki suzuk (koʻz haqida).
-
Beli burma kamzulining ichida baland koʻksi betoqat toʻlqinlanib, qiygʻoch koʻzlarida olov yonardi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Nafis qiya tushgan (qosh haqida).
-
[Fotograf] Obyektivni., xushroʻy, qiygʻoch qosh qizga qaratdi. Gazetadan
3. aynan Qiya, qiyama.
-
[Hasanali] Darichani narigi uydan Karaganda kishi koʻrinmaslik qilib qiygʻoch ochdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Onaxon] Ikki koʻlini paltosining qiygʻoch choʻntagiga solib yerga tikildi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Qop-qora chayir yuzidan, iyagidan qiygʻoch ketgan pichoq izidan, ayyor koʻzlaridan yosh boshi bilan koʻpni koʻrganligi bilinib turardi. A. Muxtor, Tugʻilish
qiyg‘och soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻzini qiygʻoch qilmoq
-
— Voy, menga qara, — dedi Shodimat, koʻzlarini qiygʻoch qilib, qoshini chimirib. A. Muhiddin, Oshnalar
Qiygʻoch qaramoq (yoki boqmoq)
-
Muzdek soyga toʻsh urib, Uzoq uchar qaldirgʻoch. Goh qilib baland parvoz, Pastga boqadi qiygʻoch. Gʻayratiy
QIYG‘OCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙҒОЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyg‘och so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar