qiyg‘os
bilan ulashing
1. Hammasi baravariga, yoppasiga, shigʻa.
-
Chigit qiygʻos undirib olindi. Gʻoʻza qiygʻos shonaladi.
-
Narigi qirgʻoqdagi mevazorlarda oʻrik, olcha, olma, shaftolilar qiygʻos gullab yotibdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Tangri qachonlardir tilingga ekkan Soʻzlar gullayotir qiygʻos va qiygʻos. E. Shukur, Hamal ayvoni
2. Ayni, avji.
-
Mana, qiygʻos pishiqchilik, lekin oshxonalarda sabzavotdan taomlar tayyorlanmaydi. Gazetadan
3. sheva Jiddiy ravishda, qattiq.
-
Ha, aytganday, bir kuni Haydar hoji bilan qiygʻos urishdi. A. Qahhor, Sarob
4. kam qoʻll. Shovqin-suron, chuvvos.
-
Uyda hech vaqt koʻrilmagan, vahimali bir qiygʻos koʻtarildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Koʻchadan qiygʻos va gʻovur-gʻuvur tovush eshitilib, er-xotinning suhbatini toʻxtatdi. S. Ayniy, Qullar
QIYG‘OS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙҒОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyg‘os so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar