qiyqiriq
bilan ulashing
1. Kuchli tarzdagi, betartib qichqiriq, shovqin, qiy-chuv.
-
Faqat ichkaridan mastlarning qiyqiriqlari, alla-kimning boʻgʻiq alyori eshitiladi H. Gʻulom, Mashʼal
-
Arava poyganing gumburi, aravakashlarning qiyqirigʻi bilan toʻy karvoni borarkan Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qoʻllab-quvvatlovchi, olqishlovchi yalpi ovoz; hayqiriq, qichqiriq.
-
Shodlik qiyqiriqlari. Toʻychilarning qiyqiriqlari.
-
Zalda olqishlar boʻroni koʻtarilib, “Yashasin Yusufjon qiziq!“, Yashasin oʻzbek sanʼati! degan qiyqiriqlar eshitildi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Puch qiyqiriqqa uchmaslik, shov-shuvga sabab boʻladigan gʻaroyibotlar ketidan quvmaslik kerak. Gazetadan
3. Baʼzi parranda, qushlarning qiy deganga oʻxshash kuchli tovushi.
-
Qaysi bir ungurdan yirtqich qushning qiyqirigʻi eshitilib, aks sado beradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Turnalarning oʻychan qiyqirigʻida mudragan oydin kechalar boshlandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
QIYQIRIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙҚИРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyqiriq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar