qiyshiq
bilan ulashing
1. Tepaga yoʻnalishi toʻgʻri emas, biror tomonga ogʻgan; qiyshaygan.
-
Qiyshiq stolba. Qiyshiq devor. Qiyshiq chinor.
-
Oʻrtasi bukchayib ketgan stul ustidagi qiyshiq shamdonda sham yonib turardi. Saodat
-
— Hu anovi qiyshiq oʻsgan yulgʻunni koʻryapsizmi? — shivirladi u. — Oʻshandan sal yuqorida. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Paranjini qiyshiq yopinib, kampir kirib keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Past, baland va qiyshiq uylar orasida reja bilan solingan chiroyli oq imoratlar uchrar edi. A. Qahhor, Kartina
2. Yoʻnalishi biror tomonga yoki har ikki tomonga burilgan; egri, qingʻir.
-
Tor, qiyshiq koʻchalar adashib qolib, Ilondek oʻrmalar parishon tunda. X. Davron, Tungi bogʻlar
-
Yangi modelning sifati buzildi: birining choki qiyshiq, ikkinchisining dastagi past. Mushtum
-
Qoʻliga qiyshiq kaltak ushlagan qalandar oxirat kunidan vaʼz aytardi. S. Siyoyev, Avaz
3. Joylashish, turish holati toʻgʻri, meʼyoriy emas.
-
Basharang qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama. Maqol.
-
Ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham, boyning oʻgʻli gapirsin. Maqol.
-
Sersoqol, toʻla yuzli, bir koʻzi qiyshiq kishi muloyim tovush bilan dedi Oybek, Quyosh qoraymas
-
Sen biron koʻylakning yoqasini qiyshiq qadab qoʻysang javobgar boʻlamiz. A. Qahhor, Asarlar
4. koʻchma kam qoʻll. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan; notoʻgʻri, xato.
-
Murzin Elmurodning adolatli ogohlantirishidan qiyshiq xulosa chiqara boshladi. Shuhrat, Shinelli yillar
QIYSHIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЙШИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiyshiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar