qiz
bilan ulashing
1. Balogʻat yoshiga yetmagan ayol.
-
Qiz bola. Yosh qiz. Oʻquvchi qiz.
2. Xotin jinsiga mansub farzand (oʻz ota-onasiga nisbatan).
-
Uning uch oʻgʻil, ikki qizi bor. Qiz chiqarmoq. Qiz uzatmoq. Qizi borning nozi bor. Maqol
-
Farzand oʻgʻilmi, qizmi — bari bir, ota-onasining yuragi boʻlar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Balogʻatga yetgan, ammo hali erga tegmagan ayol; maʼsuma, bokira.
-
— Qizmi, juvonmi, Gulnormi — bari bir, man dadamning yosh xotin olishini xohlamayman, — dedi Salim. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Qizlarga yoki yosh juvonlarga nisbatan murojaatda ishlatilib, hurmat, erkalash, oʻzini yaqin olish singari maʼnolarni ifodalaydi.
-
Otga juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-ye. A. Qahhor, Xotinlar
-
Yozib bering, aylanay poshsha qiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
qiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qari qiz
QIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar