qizar
bilan ulashing
1. Qizil yoki shunga yaqin tus olmoq, qizil tusga kirmoq.
-
Osmon qizardi. Qulupnay qizara boshladi. Beti sovuqdan qizarib ketdi. Non qizarib pishdi.
-
Juda chiroyli bizning bogʻchamiz, Qizarib qoldi gilos, olchamiz. Q. Hikmat.
-
Sharq ufqi qon purkalgandek qizardi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Nojoʻya, nomaqbul xatti-harakati, qilmishi, aybi, kamchiligi va shu kabilar uchun kimsa oldida xijolat tortmoq, izza holatga tushmoq.
-
Modomiki mendan gunoh sodir boʻlmadi, tekshirsalar, haqiqat oldida oʻzlari qizarib qoladilar, shunday emasmi? Oybek, Nur qidirib
-
Tekin tomoq bizlarga yot; Mehnat bilan shirin hayot. Yo el bilan boʻlmoq kerak, Yo qizarib oʻlmoq kerak. S. Akbariy
QIZAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qizar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar