qizdir
bilan ulashing
1. Qattiq isitmoq, isitib qaynoq, kuyadigan yoki kuydiradigan holga keltirmoq; qizitmoq.
-
Dazmolni qizdirmoq. Tandirni qizdirmoq. Yoz quyoshi yer yuzini qizdirmoqda.
-
Oʻtning harorati Ergashevning yuzini qizdirib, burqib chiqayotgan tutun esa nafasini boʻgʻar edi. N. Safarov, Vodillik qahramon
2. Dogʻ qilmoq (yogʻni, moyni).
-
Paxta yogʻini qizdirmoq.
3. Haroratini, isitmasini oshirmoq; isitma chiqarmoq.
-
Bezgak aʼzoyi badanni qaqshatib qizdirmoqda edi.
4. Qonni yurishtirmoq, qonni yurishtirib ortiq isitmoq, qizitib yubormoq.
-
Asal koʻp yeyilsa, badanni qizdiradi. Odamni poʻstin emas, ish qizdiradi. Maqol
QIZDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qizdir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar