qizil
bilan ulashing
1. Qon rangidagi; qirmizi, alvon.
-
Qizil muqovali kitob. Qizil koʻylak. Qizil qalam. Qizil olma.
-
Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh qush choʻqigan qandaydir oq uzum bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. ot Yuzning, badanning shu tusga moyil rangi; qizillik.
-
Uning yuzidagi qizilga yana qizil qoʻshildi. Oydin, Oʻzidan koʻrsin
-
Shirinzabonovning yuziga qizil yugurdi. Mushtum
3. koʻchma s.t. Vino.
-
Siz har vaqt Jamol-boy akam bilan choʻqishtirasiz, bizga joʻra boʻling, qizil iching! Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma esk. Oktyabr inqilobi, shoʻro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan soʻz sifatida qoʻllangan.
-
Qizil armiya. Qizil askar. Qizil toʻy. Qizil matbuot. Qizil choyxona. Qizil karvon. Qizil gvardiya.
qizil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qizil ari
Qizil gul
-
Yoz gulshani qizil gul, Xalqim qilur namoyish. S. Abdulla;
Qizil kitob
-
Xalqaro qizil kitob. Oʻzbekiston qizil kitobi.
Qizil lavlagi
QIZIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qizil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar