qizi
bilan ulashing
1. Harorati koʻtarilmoq, baland boʻlmoq; isimoq (asosan havo harorati haqida).
-
Havo nihoyatda qizigan, otlar halloslab terlar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Ertalabdanoq kun qiziy boshlaydi-da, choshgohga borganda quyoshdan olov yomgʻiri yogʻiladi. H. Gʻulom, Binafsha atri
2. Biror narsa (olov va boshqalar) taʼsirida tana harorati oshmoq, koʻtarilmoq (jism, tana haqida).
-
Badani qizidi. Tandir qizidi. Temir qizidi.
-
Otabekning manglayida turgan qoʻli qizib ketib, ikkinchi qoʻlini almashtirishga majbur boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Hamma yoq qum, qizib, yonib yotgan qum M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. aynan Qizishmoq.
-
[Sodiq:] Qizib ketgan ekanman, qarang, mingboshini ham choʻziltirmoqchi edim-u, biroq orqadan kelib, qoʻlimni bogʻlaganlarini bilib qoldim. N. Safarov, Uygʻonish
4. koʻchma Qizgʻin tus olmoq.
-
Suhbat qizidi. Munozara qizidi.
-
U sahna chekkasiga surib qoʻyilgan parda oldiga borganida, konsert qizib ketgan edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bu kun chorshanba boʻlganidan bozor ayniqsa qizigan. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Ish qizib ketgan paytda qishloq tomondan koʻchani changitib kelayotgan mashina koʻrindi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Hozir ovning avji qizigan payti, koʻlda oʻrdak, qashqaldoq koʻp. J. Sharipov, Xorazm
qizi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi qizidi
-
Qoratoy bir oz oʻylanib, boshi qizigan kabi, doʻppisini kursiga olib qoʻydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qodirning salomatligiga bir necha marta qadah koʻtarildi. Qodirning boshi qizib ketdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Ichi qizimoq
-
Sentyabr kelishini kutib, ichi qizib ketyapti Toshbibining, Gazetadan
Qulogʻi qizimoq
-
Sen haqingda ham koʻp gaplar boʻldi, rosa qulogʻing qizigandir.
-
Oʻzi yoʻqlarning ham qulogʻi qizib turarmish. S. Karomatov, Oltin qum
QIZI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qizi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar