qiziq
bilan ulashing
1. Qiziqish bilan eʼtibor bermoq, astoydil berilmoq, berilib munosabatda boʻlmoq, harakat qilmoq.
-
-Ovozingni chiqarib oʻqi, nima debdi? — Mirzakarimboy ham qiziqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U shuncha qiziqib ketgan ediki, yelkasiga asta qoʻyilgan qoʻlni ham sezmadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Ular har gap sayin, qalay, sizga maʼqulmi? degandek Elmurodga tikilib olar, u esa, choy hoʻplagan holda, bu sodda munozarani qiziqib tinglar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Bilish, oʻrganish, ishlashga mayl qoʻymoq, havasmand boʻlmoq.
-
Men musiqaga qiziqaman.
-
Uning oʻzi yoshlikdanoq fizikaga qiziqar edi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Maroqli darslarning kuchimi, koʻpchilik yoshlar matematika bilan adabiyotga qiziqardi. Gazetadan
-
Men endi, dunyodan oʻtayozgan bir kishi, endigi mansablarga uncha qiziqa olmayman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Havas qilib ergashmoq, havas qoʻymoq; berilmoq.
-
Qoʻqon ketayotgan oʻrtoqlariga qiziqib, borma, deganga koʻnmadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Gapdon, xushchaqchaq mehmonlarga qiziqib, u ham mayni qoniqib ichgan edi, chala yechinib, tosh qotib uxladi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Havas-da... Bolaligimdan ovga qiziqaman. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
QIZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qiziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar