qo‘por
bilan ulashing
1. Tag-tugi, tomiri bilan sugʻurmoq, agʻdarmoq.
-
Yoʻlchi yerning tosh bagʻrini yorib, toʻnka qoʻporadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Traktorlar gurullab-varillab, yovvoyi jiyda, changal, turongʻi, tol, doʻlana singari buta va mayda daraxtlarni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Agʻdarmoq, kovlamoq; shunday harakat bilan buzmoq.
-
Muhiddin, Abduvahoblar ketmonlarini sopladilar-da qamishzorlarni qoʻporishga kirishdilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. Tag-tugi bilan yoʻq qilmoq, tugatmoq.
-
Dushmanlarni tag-tomiri bilan qoʻporib tashlashga qaror qilindi. H. Gʻulom, Mashʼal
4. koʻchma kam qoʻll. ayn. Oʻmarmoq.
-
Lutfiniso erining davlatidan mumkin qadar koʻproq qoʻporib, shu kenja arzandasiga sarf qilish uchun urinar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
QO‘POR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎПОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘por so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar