qo‘pol
bilan ulashing
1. Bichimi kelishmagan; beoʻxshov, besoʻnaqay; dagʻal.
-
Qoʻpol etik. Qoʻpol kiyim.
-
Uning tarvaqaylagan qoʻpol, yalangʻoch shoxlari hovlining u burchagidan bu burchagiga yetadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Taxtadan qoʻpolgina qilib yasalgan uzun stolga qizil mato yozilgan. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Kishiga qattiq tegadigan, kishini ranjitadigan; dagʻal, qoʻrs, tund, yoqimsiz.
-
Qoʻpol muomala. Qoʻpol soʻz. Qoʻpol qiliq. Qoʻpol harakat. Qoʻpol hazil. Qoʻpol gapirmoq.
-
Raisning qoʻpol eʼtirozini eshitib turgan Bekboʻta, qoni qaynab ketdi shekilli, oʻzini tutolmay, keskin gapirdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Maorif mudiri Xizirov uning [Elmurodning] taʼbiga qarshi, tomdan tarasha tushganday, qoʻpol javob qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Men ham senga eski bir maqolni aytishim mumkin edi. Lekin juda qoʻpol boʻlganidan, aytishga tilim bormaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Shunday belgi-xususiyatga ega boʻlgan shaxs haqida.
-
Yuzboshi Abdullabek oʻlguday qoʻpol odam., bu odamni qaranglar, qanday xushfeʼl. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Meni dagʻal desang, tan beraman. Qoʻpol desang, boʻynimga olaman. Uygʻun, Qaltis hazil
4. Oqlab, kechirib yoki tuzatib boʻlmaydigan.
-
Qoʻpol xato. Boshqalarning ichki ishlariga qoʻpol ravishda aralashish.
-
[Uning] Bu qoʻpol gunohini tasodifan chiqqan xayrli natijasiga bagʻishlash, bundan kelin shunday xato qilsa, qattiq jazo koʻrishini unga tushuntirish kerak. S. Ayniy, Qullar
QO‘POL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎПОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘pol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar