qo‘shni
bilan ulashing
1. ot Uylari, hovli-joylari yonma-yon yoki yaqin boʻlgan kishilar, oilalar, xonadonlar (bir-biriga nisbatan).
-
Yaqin qoʻshni. Yon qoʻshni. Hovli olma, qoʻshni ol. Maqol
-
Gilam sotsang, qoʻshningga sot, bir chekkasida oʻzing oʻtirasan! Maqol
-
[Qosimjonning] Oyisi qoʻshni bilan gaplashib turardi. Oʻ. Umarbekov, Ona
-
Bir qarichlikdan dutorni sevaman, bir qoʻshni kelinchakdan oʻrgangan edim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Otabek] Guzarga chiqqanda, Hasanalining qoʻshnisi boʻlgan Ali erinibgina doʻkon taxtasini tushirmoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Ish joyi, joylashish oʻrni yonma-yon yoki yaqin boʻlgan kishilar (bir-biriga nisbatan).
-
Qiz soʻragan kursant, haqiqatda, El-murodga qoʻshni, ikkinchi vzvodda oʻqir edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Hayron boʻlib, suvdonga tikildi. U kovak edi — oʻq teshib oʻtibdi, uni uloqtirdi-da, qoʻshnisidan, sersoqol rusdan suv tiladi. Oybek, Quyosh qoraymas
3. sifatdosh Yonma-yon turgan, joylashgan, bir-biriga yaqin, chegaradosh.
-
Qoʻshni brigada. Qoʻshni mahalla. Qoʻshni qishloq. Qoʻshni mamlakatlar.
-
Yigit yalt etib qoʻshni dalaga qaradi. U yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar chuvullashib, paxta terishayotgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qo‘shni soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻshni burchaklar
QO‘SHNI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎШНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘shni so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar