qo‘shoq
bilan ulashing
1. sifatdosh Bir-biriga qoʻshilgan; qoʻshaloq.
-
Qoʻshoq somsa.
-
Bir koʻzi gʻilayroq Tikanak singari Qoshlari qoʻshoq. Tuygʻun
-
Anavi malla yigit childirmani qoʻshoq qilib chaladigan, hunari oʻtkir childirmachi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. s.t. kam qoʻll. ot Umr yoʻldoshi, er yoki xotin (bir-biriga nisbatan).
-
Boshqa gaplarni koʻnglingga keltirma, qizim! Margʻilonlik kelin bilan sening bizga hech bir farqlaring yoʻq, ikkovlaring ham bolamizning qoʻshogʻi — bolamizsiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. ot maxs. Bir arqon bilan bogʻlangan ikki yoki bir necha qoʻy; oʻzaro bogʻlangan qoʻylar toʻdasi.
-
Choʻponlar ham sotilmay qolgan qoʻylarni qoʻshoqlardan chiqarib, oʻtloqlarga haydadilar. S. Ayniy, Doxunda
-
Toʻlamat Suvonjon bilan birga juni oʻsiq qoʻzilarni tutib, qoʻshoqqa tirkashmoqda. S. Anorboyev, Oqsoy
4. so‘zlashuv tili Umuman, toʻda, toʻp; guruh.
-
Oldingi tuyalardan bir nechasi qoʻshogʻidan ajralib keldi-da, kiyikni oʻziga qoʻshib oldi. Y. Shamsharov, Qaxramonlik yoʻli
-
Kolxozchi bolalar va qizlardan ikki qoʻshoq qoʻriqchilar toʻdasi tashkil qilib, bolalarning oʻziga har bir qoʻshoqqa bir boshliq saylatdi. A. Qodiriy, Obid ketmon
5. Qoʻshoq (erkaklar ismi; odatda olti barmoqli odamlarga qoʻyiladi).
qo‘shoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻshoq arqon
-
Omon belidan qoʻshoq arqonni yechdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Qoʻshoq qilmoq
Qoʻshoq barmoqli odam
Qoʻshoqning orqasida (yoki ichida) boʻshoq
QO‘SHOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎШОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘shoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar