qo‘zg‘a
bilan ulashing
1. Ya na qayta yuz bermoq, sodir boʻlmoq, qoʻzimoq, qaytalamoq, tutmoq.
-
Uning kasali qoʻzgʻadi. Eski dardi qoʻzgʻab qoldi. Yuragida gʻazab qoʻzgʻadi. Gʻayrati qoʻzgʻadi. Asabi qoʻzgʻadi.
-
Gʻulomjon hokimni kutgani bormadi. Uning kelishini eshitgandan beri nafrati qoʻzgʻab, oʻzini qoʻygani joy topolmay qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Yuzaga keltirmoq, paydo qilmoq, uygʻotmoq, tugʻdirmoq; harakatga, joʻshga keltirmoq; qoʻzgʻatmoq.
-
Birovning yuragida adovat qoʻzgʻamoq.
-
Oqar suvlar koʻngilda Behad sevinch qoʻzgʻaydi. T. Toʻla. Musulmonqul oʻz gʻarazi yoʻlida orada yoʻq nizolarni qoʻzgʻab, kuyovi Sheralixonni oʻldirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bu manzara oʻqday sanchilib, Yov dilida qoʻzgʻadi gʻamni. E. Rahim
3. koʻchma Yangilamoq, tiklamoq, esga solmoq (unutilgan dard, alam, yara va shu kabilar haqida).
-
Mening dardim qoʻzgʻay berma, Oqqizjon, Oshiqda boʻlmaydi manzil ham makon. Ravshan
4. koʻchma Oʻrtaga qoʻymoq, tashlamoq, boshlamoq; kovlashtirmoq.
-
Masala qoʻzgʻamoq. Gapni qoʻzgʻasang, gap chiqar. Maqol
-
— Janob ulamolar! — dedi Fozilhaq Azizulhaq toqatsizlanib, — behuda gaplarni qoʻzgʻamoqning aslo hojati yoʻq. Oybek, Nur qidirib
QO‘ZG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЗҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘zg‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar