qo‘zg‘al
bilan ulashing
1. Qoʻzgʻamoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbatlari (
-
Uning eski dardi yana qoʻzgʻaldi. Bu haqda yana gap qoʻzgʻaldi.
-
Masala qoʻzgʻaldi.
-
Adolat bularning hammasini bir-bir oʻylarkan, qalbida Usmonjonga nisbatan iliq bir hisning qoʻzgʻalganini sezib, oʻz xayolidan oʻzi uyalib ketdi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Men ham shularga suqlanib qaradim. Orzu, hislarim battar qoʻzgʻalib ketdi. Oydin, Fonar tagida
-
Koʻpdan unutilgan xotiralar yana qoʻzgʻaldi. S. Ahmad, Hukm
2. Oʻrnidan turmoq yoki siljimoq.
-
Saidiy ketishga qoʻzgʻalganda, Salimxondan boshqa hech kim parvo qilmadi. A. Qahhor, Sarob
-
Mulla Alimqul eshikdan kirib kelgan meh-mon bilan koʻrishish va oʻz tagidagi koʻrpachadan joy berish taraddudida asta oʻrnidan qoʻzgʻaldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Joʻnamoq, biror yoqqa bormoq, ketmoq.
-
Bu yerdan qoʻzgʻalma!
-
Uning bu galgi Margʻilon yoʻliga qoʻzgʻalishi ortiqcha bir ogʻirlik bilan, ikkilanish bilan oʻralgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Ahmad Husayn yana bir necha kun uydan qoʻzgʻalmadi. Uning ermagi yolgʻiz kitoblar boʻldi. Oybek, Nur qidirib
4. Turgan joyidan jilmoq, siljimoq, surilmoq.
-
Stol oʻrnidan qoʻzgʻalganga oʻxshaydi. Javon juda ogʻir ekan, joyidan sira qoʻzgʻalmadi. Poyezd qoʻzgʻaldi.
-
Mashina qoʻzgʻaldi, qoʻzgʻaldi-yu, oʻn-oʻn besh qadam yurmasdan, birdan eshigi ochildi. A. Qahhor, Toʻyda aza
5. Turgan joyida tebranmoq, silkinmoq, qimirlamoq.
-
Qoʻrboshi tizzasi ustiga koʻn-dalang qoʻyilgan qilichining ikki tarafidan bosib, bir qoʻzgʻalib qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mashhadiy kichkina gavdasi bilan yengilgina qoʻzgʻalib boshini chayqadi. Oybek, Navoiy
6. Boshlanmoq, koʻtarilmoq; harakatga kelmoq.
-
Poʻrtana qoʻzgʻaldi.
-
Shamol qoʻzgʻalgan, tomlardagi, yoʻlkalardagi qorlarni toʻzitib, devorlarga, derazalarga urar edi. A. Qahhor, Sarob
7. Biror kimsa, tuzum va shu kabilarga qarshi harakatga kelmoq, isyon, gʻalayon qilmoq.
-
Goh u qishloqda, goh bu qishloqda kambagʻallar qoʻzgʻalib, boylarning gʻaramlariga oʻt qoʻyishar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yaxshi, biz aytgan tartibda ishni boshlanglar, xalq qoʻzgʻalsa, xon majbur! U. Ismoilov, Saylanma
8. maxs. Biror harakat yoki taʼsirga javoban harakatga kelmoq, oʻz faoliyatini koʻrsatmoq.
-
Odatda muskul nerv vositasida qoʻzgʻaladi.
QO‘ZG‘AL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎЗҒАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘zg‘al so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar