qovoq
bilan ulashing
1. Palak otib oʻsadigan, shapaloq bargli, karnaysimon yirik sariq gulli, bir yoki koʻp yillik poliz oʻsimligi va uning turli shakllarda boʻladigan yirik hosili.
-
Qovoq urugʻi xalq tabobati-da gijjani yoʻqotishda qadimdan qoʻllanib kelgan. Fan va turmush
2. Shu oʻsimlikning hosili qobigʻidan yasalgan idish.
-
Gulnor suv qovoqni olib, buloq tomonga yugurib ketdi. S. Ayniy, Doxunda
-
Koʻzi tinib, miyasi ari qamalgan qovoqdek gʻoʻngʻilladi. S. Ahmad, Hukm
-
Yigit uning yoniga qovoq kosada sovuq suv qoʻydi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
qovoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dastmol qovoq
Oyim qovoq
Tomosha qovoq
Nos qovoq
-
Nosqovogʻini qoqa-qoqa, bir otimini tilining tagiga tashladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Buva qovoq
Qovoq kalla (yoki bosh)
-
Shuni ham tushunmay soʻrab oʻtirasanmi, qovoq bosh. S. Ayniy, Jallodlar
-
Bilmasang, nega, urdi deb qoʻl qoʻyasan qovoq kalla! O. Yoqubov, Larza
Koʻz kosasini qoplovchi, ochilib-yopilib turadigan teri.
-
Qovogʻi shishibdi. Qovogʻini agʻdarib koʻrmoq.
-
Tojiboy oqsoqol qoʻl koʻtarganlarni qovoq tagida norozi miltillagan koʻzi bilan tekshirib turdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mirshabning osilib turgan qovogʻini, yuzidan tomib turgan zaharini koʻrib, Matqovul allaqanday boʻlib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qovoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bodom qovoq
Qovoq solmoq (yoki uymoq) yoki qovoqni osiltirmoq
-
[Saodat] Birovga kulib qarasa, birovga qovoq soladi. I. Rahim, Ixlos
Qovogʻi soliq
-
Kumush javob bermadi, qovogʻi soliq edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Havoning qovogʻi soliq.
-
Qovogʻi soliq osmonning chehrasi asta ochila boshladi. S. Anorboyev, Oqsoy
Qovogʻidan qor yogʻadi
-
Oqsoqolning qovogʻidan qor yogʻar, juda jahli chiqqan edi. J. Sharipov, Xorazm
Qovogʻini ochmoq
-
Oʻzi ham, ona-si ham bir ogʻiz gapirmasa, bir martagina qovogʻini ochib qaramasa-ya! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
aynan Qovoqxona.
-
Sharif Sulaymon hozir biron qovoqda, ehtimol, majlis oʻtkazayotgandir. Oybek, Nur qidirib
QOVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qovoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar