qovjira
bilan ulashing
1. Suvsirab yoki issiqning zoʻridan, garmseldan soʻlimoq, qurib bujmaymoq, quruqshamoq.
-
Qovjiragan barg. Qovjiragan oʻt.
-
Adolat chanqab, qovjirab turgan har bir gʻoʻzaga qarab achinar va tungi suvni shimirib tirilayotgan har bir gʻoʻzani koʻrib quvonardi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Suvsizlik va issiq taʼsirida qaqramoq, porsillamoq, yorilmoq.
-
Qovjiragan yerlar. Haroratdan lablari qovjiradi.
-
Gulxanchilarning dala shamoli bilan qovjiragan yuzlariga tiniq qizillik yugurib olovlandi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Keyin boshini shart burib, suvsizlikdan qovjirab yotgan tarnovga qarab yurdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
3. koʻchma Dard, alam va shu kabilardan kuyib ado boʻlmoq, oʻrtanmoq.
-
Shundan buyon qiz ayriliq dardida qovjiraydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
QOVJIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОВЖИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qovjira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar